Янгиликлар
18
Adliya hudud
Bugun “Ma’naviyat markazi”da Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi Qashqadaryo hududiy bo‘limi, viloyat sudi, prokuratura, adliya, ichki ishlar boshqarmalari rahbar hamda mas’ul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar tashkil etildi.
Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi, Qarshi shahridagi mahalla raislari, sog‘liqni saqlash muassasa raxbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa davlat organlari hamda tashkilot vakillari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida mutassadi tashkilotlar hamkorligida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar kelishib olindi.