Янгиликлар
16
OILA MUQADDAS – DARGOH
Kitob tumani FHDY bo‘limida tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Oila – muqaddas dargoh” mavzusida uchrashuv tashkil qilindi.
Yoshlarga birinchi navbatda Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan 1993 yilda 47/237-sonli qaroriga muvofiq, 15-may “International Day of Families” – “Xalqaro oila kuni” etib belgilanganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Nikohlanuvchi yoshlarga tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan badiiy kitoblar, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” partiyasining hamda FHDY bo‘limi tomonidan “Oila ma’naviyati” nomli kitoblar va esdalik sovg‘alari taqdim etildi.