Янгиликлар
15
Oila mustahkam qo'rg'on
Oila asrlar davomida shakllanib kelayotgan jamiyatimizning mustahkam poydevori va uni harakatga keltiruvchi qudratli kuch hisoblanadi. Oilaning ijtimoiy-ma’naviy barkamolligi esa davlat va jamiyat farovonligining asosiy negizini tashkil etadi.
15 may-“Xalqaro oila kuni” munosabati bilan adliya boshqarmasi, xotin-qizlar boshlang‘ich tashkiloti mas’ul xodimlari hamkorligida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Shahrisabz tuman FHDY bo‘limi mudirasi lavozimida uzoq vaqt faoliyat yuritgan, jamiyatda namunali oilalar qatorida bo‘lgan Boboeva Nuriya opa xonadonlarida bo‘lib, ularning oila a’zolari va shogirdlari davrasida iliq suxbat tashkil etildi.