Янгиликлар
13
NOTARIAL SOHASI TAKOMILLASHMOQDA
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va Notarial palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi oʻrtasida “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan, notariat sohasini har tomonlama rivojlantirish va xalqimizga sifatli xizmat koʻrsatish darajasini yuqori bosqichga koʻtarish maqsadida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar ijrosi yuzasidan qoʻshma qaror rejasi tasdiqlangan.
Mazkur qoʻshma qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 12-may kuni soat viloyat adliya boshqarmasida Notarial palatasi Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi boshligʻi J. Xudoyberdiyev va palata xodimlari, viloyatdagi notarius stajyorlari hamda ilovadagi notarius yordamchilari ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi.