Янгиликлар
12
SARHISOB
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i birinchi o'rinbosari Alisher Isoqov boshqarma masʼul xodimlari hamda viloyatdagi OAV lar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Unda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan l - chorak davomida amalga oshirilgan ahamiyatli ishlar hamda Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi yangiliklar, sohaga doir boshqa muhim va dolzarb mavzular haqida to'xtalib o'tildi.
Shuningdek, matbuot anjumanida "O'zbekiston Respublikasining xotin - qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy maanfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar to'g'risida" ham aytib o'tildi.
Jurnalist va blogerlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob berildi.