Янгиликлар
10
Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish qanday amalga oshiriladi?
“Litsenziya” axborot tizimida alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilishni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida vakolatli organni xabardor qilish imkoniyati joriy qilingan. Ushbu xizmatdan faqatgina yuridik shaxslar foydalana oladilar. Bunda murojaat etuvchi axborot tizimi orqali to‘ldiriladigan so’rovnomada quyidagilarni ko‘rsatishi kerak:
a) yuridik shaxs nomi va tashkiliy-huquqiy shakli va STIR;
b) pochta hamda elektron pochta manzili;
v) yuridik shaxs rahbarining mobil telefon raqami, faoliyatni amalga oshirish joyining telefon raqami (mavjud bo‘lgan taqdirda);
g) bank rekvizitlari (hisobvarag‘i, bank kodi);
d) faoliyat amalga oshiriladigan joy manzili va kadastr raqami.
Xabarnomani yuborish uchun yig‘im undirilmaydi (oylik yig‘im bundan mustasno) va xizmat onlayn tartibda bir zumda ko‘rsatiladi.