Янгиликлар
08
AKSIYA
Xabaringiz bor my.gov.uz xizmatidan foydalanishni fuqarolarga bepul oʻrgatish boʻyicha viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aksiya eʼlon qilingan edi.
Bugun aksiya doirasida G'uzor tuman DXM ga tashrif buyurgan Yulduz Xamrayeva my.gov.uz orqali o'qish joyidan ma'lumotnomani o'z mobil telefoni orqali olgan bo'lsa, fuqaro Fayzulla Qahramanov elektr energiyasiga ulash xizmati bo'yicha o'zi my.gov.uz orqali ariza yuborishni o'rgandi.
Shuningdek, markazga tashrif buyurgan fuqarolar nikohda turish yoki turmaslik, ish haqqi to'g'risidagi ma'lumotnoma, kam ta'minlanganlik to'g'risidagi ma'lumotnoma olish kabi xizmatlardan onlayn foydalanishni o'rganib olishdi.