Янгиликлар
08
XAVFSIZ MAHALLA OBOD BO'LADI
Bugun “Obod va xavfsiz” mahalla tamoyili asosida Respublika idoralararo oʻqitish guruhi aʼzolari, viloyat IIB, adliya boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi va boshqa mutassadi tashkilotlar ishtirokida Sanʼat kollejida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Unda Respublika ishchi guruhi a’zolari “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish mexanizmlarini belgilash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror mazmun-mohiyati va qarorning hamkorlikda ishlash mexanizmini tushuntirishdi.
Seminar davomida “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilining mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi tomonidan uzviy hamkorligi, yakka tartibdagi ijtimoiy moslashtirish dasturi haqida batafsil tushunchalar berildi.