Янгиликлар
05
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 12 652 ta qonun buzilish holatlari aniqlandi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 2 072 ta murojaatning 1 709 tasi hal etilib, shundan 906 tasi yoki 53 foizi qanoatlantirildi, 803 tasiga huquqiy tushuntirish berildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy tusdagi 45 ta qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazildi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyati yuzasidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha jami 55 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida jami 281 ta mahalliy davlat hokimiyati organlarining hujjatlari, shundan 13 tasi normativ-huquqiy tusdagi qarorlari bekor qilinib, qonun hujjatlariga muvofiqlashtirildi.
Qonunchilikka oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda amaliyotda mavjud muammoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan 170 ta takliflar ishlab chiqildi.
Boshqarma va uning tizimidagi adliya boʻlimlari tomonidan hisobot davrida jami 58 ta oʻrganish va 553 ta monitoringlar oʻtkazilib, oʻrganishlar davomida 770 ta tashkilotlar faoliyati qamrab olindi va ushbu oʻrganish va monitoringlar natijasida
12 652 ta qonun buzilishi holatlari aniqlandi.
Aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf qilish yuzasidan 835 ta taqdimnoma, 144 ta maʼmuriy va 2 ta jinoiy javobgarlikka tortish haqida takliflar hamda 1 234 ta ogohnoma kiritildi.
Natijada 341 nafar shaxs intizomiy (shundan 8 nafari egallab turgan vazifasidan ozod qilindi) va 113 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortildi, 1 014 ta noqonuniy hujjatlar bekor qilindi, shuningdek, 7 mlrd. 055 mln. soʻmdan ortiq pul mablagʻlagʻlari qonuniy egalariga qaytarildi.
Hisobot davrida sudlarga 5 mlrd. 515 mln. soʻmlik 512 ta daʼvo arizalari kiritilgan boʻlib, natijasiga koʻra 4 mlrd. 336 mln. soʻmlik 387 ta daʼvo arizalari qanoatlantirildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati