Янгиликлар
05
Bugungi kunlarning qadriga yetish, shukr qilish, xulosa chiqarish xayrlidir.
Qarshi shahridagi Komilon mahallasi, Bashir koʻchasining 30-xonadonida yashovchi, 1925-yilda tugʻilgan,Ikkinchi Jahon urushi ishtirokchisi Axmed bobo Djalilov xonadoniga, viloyat adliya boshqarmasining mutaxassisi Nilufar Sattorova, “Yurt tarovati” gazetasining bosh muharriri Nasiba Ibragimova hamda 40-DTM mudirasi Muhayyo Meyliyeva, metodist Zamira Amanova va mahallaning hokim yordamchisi Muzaffar Axmedovlar boboni xotira bayrami bilan qutlashgani borishdi.
-Mendan hol-avhol soʻragan adliya boshqarmasining rahbariyatiga, gazeta taxririyatiga va Qarshi shahridagi 40-DTM maʼmuriyatiga minnatdorchilik bildiraman, barchangizni duo qilaman. Ayniqsa, bolajonlarning vatan xaqidagi aytgan sheʼrlari menga juda yoqdi, barchangizga rahmat, - deydi 98 yoshli Ahmed bobo.
Tadbir soʻnggida bobo bilan xayrlashar ekanmiz, qoʻllari duoda boʻlib, shunday dorulomon kunlariga yetkazgani uchun Yaratganga shukronalar keltirdi.