Янгиликлар
05
Adliya hudud
Bugun Shahrisabz tumani “Qo‘shqanot” MFY 17-sonli musiqa maktabida joriy yilning 30 aprelida kuchga kirgan yangi O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining va boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida “Ombudsman maktabi” tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi, Ichki ishlar, Adliya, Oila va xotin qizlar, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, bandlik bosh boshqarmasi va bo‘lim vakillari hamda Yoshlar ishlari agentligi, Mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari, Kasaba uyushmasi fediratsiyasi viloyat bo‘limi mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Ishtirokchilarga qabul qilingan qonun xujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirildi va berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.