Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

“Mehnat bahori” yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.


O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil I va II choraklarga mo'ljallangan Ish rejasida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida, Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumida bitiruvchi kurs o'quvchi yoshlari uchun “Mehnat bahori” yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi, viloyat prokuraturasi, viloyat sudi, Notarial palataning viloyat boshqarmasi, viloyat bandlik bosh boshqarmasi hamda viloyatdagi kompaniya va tashkilot mas'ullari ishtirok etib, korxona va tashkilotlardagi mavjud bo'sh ish o'rinlari to'g'risida ma'lumot berishdi.

Yarmarkada o'quvchilar to'g'ridan-to'g'ri ish beruvchilar bilan muloqot qilib, korxona va tashkilotlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi va o'zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.