Янгиликлар
02
MUBORAKDA MAHALLA XOTIN- QIZLAR FAOLLARIGA MY.GOV.UZ DAN FOYDALANISH O'RGATILDI
Muborak tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan markazga tashrif buyurgan fuqarolarga hamda 23 ta Mahalla xotin - qizlar faollariga aksiya doirasida My.gov.uz platformasidan foydalanish va uning afzalliklari haqida o'rgatildi.
Shuningdek,“Xotin-qizlar oʻrtasida radikallashuvini oldini olish, ularning maʼnaviyati va madaniyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar tgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasining 14-son yigʻilish bayoni yuzasidan ham targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Shu kuni 6 nafar fuqaro Mobil -ID tizimiga ulanib,onlayn xizmatlarning afzalliklari xususida batafsil tushuntirishlar berildi.