Янгиликлар
28
Ko'kbuloq mahallasida sayyor tartibda Davlat xizmatlari ko'rsatildi
Bugun Qamashi tuman DXM va tuman FHDYO bo'limi xodimlari tomonidan tuman markazidan 53 km uzoqlikdagi "Ko'kbuloq" mahalla fuqarolar yig'ini hududida xizmat avtobusida fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatildi.
1 ta elektron raqamli imzo kaliti olib berildi, 76 ta keksa va nogironligi bor fuqarolar sanatoriyalarda davolanish uchun navbatga qo'yildi va 124 ta pensiya (nafaqa) to'g'risida ma'lumotnomalar olib berildi.
Shuningdek, sayyor qabul davomida 50 dan ortiq davlat xizmatlariga oid bukletlar tarqatildi va davlat xizmatlari to'g'risida huquqiy tushuntirishlar berildi.