Янгиликлар
27
DIQQAT. BEPUL IJTIMOIY AKSIYA
My.gov.uz bilan oson, qulay va xavfsiz!
Qashqadaryo viloyati adliya boshqaramasi viloyatimiz aholisiga davlat xizmatlaridan onlayn foydalanishlari uchun bepul ijtimoiy aksiya e'lon qiladi.
Aksiya joriy yilning 27-aprelidan 7-mayga qadar davom etadi.
Unda siz, eng ommabop xizmatlar:
— Haydovchilik guvohnomasini yangilash;
— Avtotransport boshqaruvi uchun elektron ishonchnoma olish;
— Kadastr pasportini shakllantirish;
— Yakka tartibda uy-joy qurishga loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
— Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni kadastrda ro'yxatidan o'tkazish;
— Ichimlik suvi hisoblagichini qiyoslashdan o'tkazish;
— Elektr tarmoqlariga ulanish uchun texnik shart (20 kVtgacha);
— Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruktsiya qilish;
— Nikoh to'g'risidagi ma'lumotnoma;
— Avtotransport vositalari oynalarining tusini o'zgartirish kabi xizmatlardan o'z mobil qurilmangiz orqali bemalol, oson, tez, qulay va eng asosiysi hech qanday navbatlarsiz foydalanishingiz mumkin.
Aksiya doirasida sizga o'z hududingizdagi davlat xizmatlari markazi xodimlari yordami orqali onlayn xizmatlardan o'zingiz foydalana olasiz. Bundan tashqari, olis va chekka hududlarda tashkil etiladigan sayyor qabullar davomida ham aksiya doirasida my.gov.uz platformasidan foydalanish va uning afzalliklari to'g'risida huquqiy tushunchalar berib boriladi.