Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

“Davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish”


Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi va Yevropa Ittifoqining “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida hududlarda, xususan, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida joylashgan mahallalar yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari uchun “Davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirning maqsadi mahalla yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollarini aholi orasida davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali  (https://my.gov.uz/ ) orqali foydalanishni targ‘ib qilishlari uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etish.

Kelgusida ushbu ma'lumotlarni olis hududlardagi mahallalar aholisiga yetkazish orqali davlat xizmatlaridan elektron shaklda masofadan turib foydalanishda qulayliklar yaratishdan iborat.