Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Adliya hudud


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka olgan fuqarolarga bepul yuridik xizmat koʻrsatilishi Yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.

Shunga koʻra bugungi kunda viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyoz va kafolatlar boʻyicha” QOʻLLANMA ishlab chiqilgan boʻlib, Yuridik markazlar tomonidan viloyatning barcha hududlarida  uchrashuvlar belgilanib, bepul huquqiy yordam koʻrsatilib kelinmoqda.

Ana shunday huquqiy tadbirlardan biri G'uzor tumanining "Bo'ston" mahallasida tashkil etildi.

Mahallada istiqomat qiluvchi ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar va kafolatlar bo'yicha boshqarma mas'ul xodimlari hamda G'uzor tuman yuridik xizmat xodimlari tomonidan huquqiy tushunchlar berib o'tildi.