Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Konstitutsiyaviy islohotlar


Joriy yilning 18 aprel kuni G'uzor tuman "Chanoq" MFYda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni hamda 30-aprel kuni  o'tkazilishi kutilayotgan "Referendum" bo'yicha targʻiboti tadbiri oʻtkazildi.

Shuningdek,Referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni 19-26 aprelda bo‘lib o‘tishi Referendum kuni o‘z turar joyida bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar muddatidan oldin ovoz berishi va tartiblari haqida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida, “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-829-son Qonunidagi o`zgarishlar haqida tushuntirishlar berildi.

Tinglovchilar konstitutsiyaviy islohotlar va referendumga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.