Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Xorijlik mutaxassisni ishga yollash istagidamisiz?


Unda buni bilishingiz zarur!

Chet ellik mutaxassislarga O'zbekiston Respublikasi hududida ishlash huquqini beradigan tasdiqnomalarni olish uchun ish beruvchi tomonidan "Litsenziya" AT  (license.gov.uz) yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat yuborishlari kerak bo'ladi.

Ariza.

Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:

chet el fuqarosining F.I.O., telefon raqami, elektron pochta manzili, O‘zbekiston Respublikasida yashash manzili;

ma’lumoti, mutaxassisligi;

ish beruvchining F.I.Sh yoki nomi, faoliyat turi, STIR (JSh ShIR);

taxmin qilingan ish haqi, muntazamligi, lavozimi;

migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tish muddatlari (bor bo‘lsa);

chet el fuqarosi pasportining elektron nusxasi;

chet el fuqarosini O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilish istagi va shartlari to‘g‘risida ish beruvchi bilan ish haqi (mukofot puli) hajmi ko‘rsatilgan dastlabki kelishuvni tasdiqlovchi mehnat shartnomasining loyihasi;

 chet el fuqarosining 3x4 sm hajmli elektron fotosurati;

 chet el fuqarosining malakasini tasdiqlovchi hujjatlar;

viza rejimi o‘rnatilgan xorijiy davlatlar fuqarolari kirish vizasining nusxasi (“E” mehnat vizasi, “V-1” va “V-2” ish vizasi, “S-3” xizmat vizasi yoki vatandoshlar uchun nazarda tutilgan boshqa turdagi vizalar).

Xizmat ko'rsatish muddati: 15 ish kuni