Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

OLIS HUDUDLARDA SAYYOR XIZMATLAR


"Ishkent" mahalla fuqarolar yig'ini  tuman markazidan 45 km uzoqlikda joylashgan bo'lib , aholi har doim ham davlat xizmatlaridan foydalanish  uchun markazga bora olishmaydi.

Yakkabogʻ tuman adliya boʻlimi, Yuridik  xizmat markaz hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tashkil etilgan sayyor qabul aholining yig'ilib qolgan muammolarini joyida bartaraf etish uchun hissa qo'shdi.

Mahalla fuqarolari uchun anchagina qulaylik tug'dirgan bu uchrashuvda aholi o'z huquqlari bo'yicha  murojaatlar qilishdi. 12 nafar fuqaro sanatoriyalarga navbatga qoʻyildi, 6 nafar fuqaroning farzandlarini maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qoʻyish bo'yicha arizalar olindi hamda 2 nafar fuqaroni uy-joy uchun kadastr pasportiga ariza berildi.

Tuman adliya bo'limi tomonidan konstitutsiyaga kiritilayotgan o'zgarishlar hususida batafsil tushuntirib o'tldi.