Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Adliya hudud


Gʻuzor tuman adliya boʻlimi, YUXKM, FHDY va DXM markazi xodimlari bilan birgalikda tumandagi “Xumdon” MFYda sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida 2 nafar fuqarolarga  sayyor xizmatlar koʻrsatilib 8 nafar fuqarolarning murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirish berildi.

Shu kuni "Xumdon" MFY hududida joylashgan 70-son umumta'lim maktabi xodimlari va o'quvchilar ishtirokida   “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy qonuni hamda 30-aprel kuni  o'tkazilishi kutilayotgan "Referendum" bo'yicha targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Markaz xodimlari tomonidan “Yetim bolalar va ota- onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qonuni va Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni pul nafaqalari hamda oziq-ovqat, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan ta’minlash tartibi to‘g‘risida nizom bo'yicha o'quvchilarga suhbatlar o’tkazilib huquqiy maslahatlar berildi.

Shuningdek, tuman  yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari va tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari tomonid tumanidagi 14-maktabning 11-a sinfida tahsil oluvchi O.Meyliqulov hamda Z.Ulashovalar holidan xabar olindi.