Янгиликлар
14
O'zimiz keldik
Bugun Shahrisabz shahar adliya bo'limi hamda Davlat xizmatlari markazi xodimlari "Kulolchilik” MFY hududidagi fuqarolar bilan "Siz qayerda bo'lsangiz, biz o'sha yerga borib xizmat qilamiz" aksiyasi dorasida sayyor xizmatlar tashkil etildi.
Qabul davomida davlat xizmatlarini ko‘rsatish va ulardan qanday foydalanish mumkinligi, hamda so‘nggi qabul qilingan qonun hujjatlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shu kuni fuqarolardan 20 ga yaqin arizalar olindi. 11 nafar fuqarolar sanatoriyaga yo'llanma uchun ro'yxatga qo'yildi, 5 ta Mobil ID ga ulanilgan bo'lishsa 4 dona suvga plomba qo'yish xizmati amalga oshirildi. 2 nafar fuqaro kadastr hujjati uchun arizalar topshirdi.
Sayyor xizmatlar davomida ishtirokchilarga Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, shuningdek referendum o‘tkazish tartibi, unda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.