Янгиликлар
13
SHIRINBULOQLIKLARGA MOBIL SAYYOR XIZMATLAR KO'RSATILDI
Muborak tumanidagi Shirinbuloq qishlogʻi aholisiga adliya boʻlimi, DXM, Yuridik markaz xodimlari tomonidan Mobil -ID tizimining afzaliklari hamda onlayn xizmatlar xususida targ'ibot ishlari hamda sayyor xizmatlar tashkil etildi.
Shuningdek, 30-aprelda boʻlib oʻtadigan Referendumda faol ishtirok etish tartib -qoidalari haqida ham batafsil tushuntirib o'tildi.
Shu kuni davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 6 nafar fuqaro sanatoriyaga yoʻllanma olish uchun navbatga qoʻyilgan bo'lsa, 7 nafar fuqarolar Mobil -ID tizimiga ulanib, 3 nafar bola bolalar bogʻchagasiga navbatga qo'yildi.Shuningdek, 5nafar fuqarolar ERI kalitlarini olib berildi.
Adliya bo'limi tomonidan 45 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi hamda 15 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi.