Янгиликлар
13
Onlayn xizmatlar
Yoshlarimizning qiyinchiliklarsiz onlayn davlat xizmatlaridan foydalana olishlari uchun Davlat xizmatlari markazlari tomonidan oʻquv seminarlari oʻtkazib kelinmoqda.
Shunday seminarlarning navbatdagisi Qarshi shahridagi TATU qarshi filiali hamda Mirishkor tumanidagi 15-sonli o'rta maktabda tashkil etildi.
Seminarlar davomida talabalar va maktab bitiruvchilariga onlayn xizmatlar, elektron raqamli imzo, shaxsiy kabinet va mahfiy maʼlumotlar toʻgʻrisida batafsil tushunchalar berildi.
Seminar davomida markaz xodimlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar hamda Interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz sayti, MOBIL ID tizimlaridan foydalanishning qulayliklari tushuntirildi.