Янгиликлар
12
O'zimiz keldik
Joriy yilning 7-12-apel kunlari viloyatning G'uzor,Muborak,Chiroqchi va Qarshi tumanlaridagi bozorlar va savdo komplekslarida fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.
“O'zimiz keldik" shiori ostidagi tadbirlar fuqarolar bilan doimiy muloqotda bo'lish,muammolarni joyida hal qilish, qulayliklar yaratish,qonuchilikdagi yangiliklardan doimiy ravishda xabardor qilib turish hamda tezkor ,qulay , shaffof davlat xizmatlarini qamrab oladi.
Mazkur tadbirlar davomida fuqarolarga 100 dan ortiq sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi, 15 nafar fuqarolarga huquqiy maslahatlar berilib, 30 ga yaqin fuqarolarga qonun-hujjatlari talablari tushuntirildi, huquqiy masalalar bo`yicha tayyorlangan buklet va flayerlar tarqatildi.