Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

KOSONLIK ELDOR 18 YOSHIDA GUVOHNOMA OLDI


Koson tumani "Tinchlik" MFYda yashovchi fuqaro 18 yoshida tug‘ilganligi haqidagi guvohnomaga ega bo‘ldi. 2005-yilda tug‘ilgan Kosonlik Eldor O'roqovning bildirishicha, u e’tiborsizlik tufayli 18 yoshga kirgunga qadar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ololmagan.

“Ota-onam shar’iy nikohda yashashgan menga guvohnoma olishda e'tiborsizlik qilishgani sabab maktabda ham muammolarga duch kelganman. Oradan yillar o‘tdi, ulg‘aydim. Tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomam bo‘lmagani uchun fuqaroligi yo‘q odamlar qatorida edim. Bu yil Oliy ta'limga topshirmoqchiman harbiy bo'lish niyatidaman! Koson tuman FHDY bo'limiga murojaat qilganimda ular menga tug'ilganlik guvohnomamni olishda amaliy yordam berishdi ”, — deydi fuqaro Eldor O'roqov.