Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

OLIS HUDUDLARDA SAYYOR DAVLAT XIZMATLARI


Qamashi tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari , "Ulug'bek" MFY hududi yoshlar yetakchisi, "Qizilqishloq" mahalla fuqarolar yig'ini  raisi bilan birgalikda tuman markazidan 43 km uzoqlikda joylashgan Langar qishlog'ida sayyor xizmat hamda konstitutsion islohotlar bo'yicha targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Targ‘ibot davomida qishloq aholisi uchun “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati, referendum o‘tkazish tartibi, shuningdek, yangi tahriridagi bosh qomusimizdagi o‘zgarishlar bilan birga ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek fuqarolarga  markaz xodimlari tomonidan 5 ta E imzo, 14 ta ruhiy va narkologiya, 3 ta sudlanmaganlik to'g'risidagi ma'lumotlar yuzasidan  davlat xizmatlari ko'rsatildi.