Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

QASHQADARYODA "KONSTITUTSIYA - KELAJAGIMIZ KAFOLATI" MAVZUSIDAGI HUQUQIY AKSIYAGA START BERILDI




Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Konstitutsiya kelajagimiz kafolati" shiori ostidagi huquqiy aksiya davomida fuqarolar nafaqat madaniy hordiq chiqarishayapti, balki o‘zlarining turli mazmundagi masalalariga ham javob olishmoqda.


Aksiyada adliya bo‘limlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, DXM vakillari, FHDY xodimlar hamda notarius, “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va advokatlarning yakka tartibdagi sayyor qabullari bo‘lib o‘tmoqda.


Fuqarolar mehnat huquqlari, oilaviy munosabatlar, sudga oid ishlar, tadbirkorlik, bank-kredit, meros va hadya masalalari, nikoh, tug‘ilish guvohnomasini olish kabi bir qator masalalarda mutaxassislarga murojaat qilishayapti.


Bugun huquqiy aksiya doirasida barcha tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan mahalla va aholi turar joylarida “Konstitutsiya -kelajagimiz kafolati” shiori ostida huquqiy targ'ibot hamda sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.



Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikumi talabalaridan tuzilgan "Adliya qanotlari" klubi a'zolari tomonidan fuqarolarga “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi va tarqatma materiallar tarqatildi.

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati