Янгиликлар
2023-yil 6-aprel kuni tuman (shahar) adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazlari tomonidan olis va chekka hududlardagi mahalla fuqarolar yigʻinlarida oʻtkazilgan sayyor davlat xizmatlari tadbiri yuzasidan
Qashqadaryoda "Konstitutsiya — kelajagimiz kafolati" mavzusidagi huquqiy aksiyaga start berildi.
Shu munosabat bilan, Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan, tuman (shahar) adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari markazlari va tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda 2023-yil 6-aprel kuni odamlar gavjud joylarda, olis va chekka hududlarda yashovchi fuqarolarning davlat xizmatlari koʻrsatish bilan bogʻliq masalalarini hal etish uchun sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan "Konstitutsiya kelajagimiz kafolati" shiori ostidagi huquqiy aksiya davomida fuqarolarga Qarshi shahar adliya boʻlimlari, FHDYO, davlat xizmatlari markazi, notarius, advokatlar tomonidan sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Aksiya davomida fuqarolarning mehnat va oilaviy munosabatlari, soliq, kadastr va subsidiya masalalariga oid 60 dan ortiq murojaatlari qabul qilindi. 15 dan ortiq fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatildi hamda FHDY boʻlimi tomonidan ikki yoshning nikohi tantanali ravishda qayd etildi.
Viloyat Adliya boshqarmasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Qarshi xalqaro universiteti bilan hamkorlikda, Qarshi shahrining Aralovul MFY aholisi va universitet yoshlari bilan birgalikda "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya oʻzimizniki!" shiori ostidagi targʻibot tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda dastlab, aholining, ayniqsa yoshlarning referendumga oid bilimlarini oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi.
Seminardan soʻng, universitet maydonida, konsert dasturi tashkil etildi, mahalla aholisi va yoshlarni 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.
"Men befarq emasman” shiori ostida “Targʻibot poyezdi” loyihasi boʼyicha targʻibot tadbirlari davom etmoqda. Navbatdagi tadbir Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti “Konstitutsiya – kelajagimiz kafolati” shiori ostida davra suhbatlarini tashkil etildi.
Qashqadaryo viloyat Yuridik texnikumi talabalaridan tuzilgan "Adliya qanotlari" klubi aʼzolari tomonidan fuqarolarga “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi va tarqatma materiallar tarqatildi.
"Biz keldik" shiori ostida Shahrisabz tumanidagi “Duxchi” MFY aholisiga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib, tadbir davomida 50 ziyod fuqarolarga huquqiy tushunchalar berildi. 12 nafar fuqarolarning farzandlarini maktabgacha taʼlim tashkilotlariga roʻyxatga olindi. 5 nafar fuqaroga elektron raqamli imzolar rasmiylashtirib berildi, 2 nafar fuqaro mobil ID tizimidan roʻyxatdan oʻtkazish bilan bogʻliq davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Kasbi tumani “Gʻalaba” MFYda, Gʻuzor tumani davlat xizmatlari markazlari xodimlari esa “Apardi” MFYda sayyor qabul oʻtkazib, qabul jarayonida Kasbi tumanida jami 20 nafar, Gʻuzor tumanida esa 13 nafar shaxslarga yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaligi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazib berildi. Shu kunning oʻzida Gʻuzor tumani “Xalqobod” MFYda yashovchi 6 nafar fuqarolarga sanatoriyaga borish uchun navbatga qoʻyib berildi.
Yakkabogʻ tuman Adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi xodimlari “Gʻozliq” MFYda referendum tushunchasi, uning mazmun va mohiyati, uning tashkiliy huquqiy asoslari hamda asosiy bosqichlari, davlat xizmatlarini afzaliklari, 2 nafar tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi fuqarolarning xonadonlariga borib, tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq hujjatlari topshirildi. Karshi tuman DXM xodimlari tomonidan esa 2 nafar shaxsni Mobil ID tizimiga roʻyxatga olinganligi, 1 nafar ota-onaning farzandlari bogʻchaga navbatga qoʻyish davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Shaxrisabz shahar “Turon” MFYda oʻtkazilgan tadbirda 19 ta davlat xizmatlari koʻrsatilib, shundan 2 nafar shaxsga elektron raqamli kalit rasmiylashtirib berilgan boʻlsa, 8 nafar shaxsga ichimlik suviga ulanish va muhrlash boʻyicha, 9 nafar fuqaroga sanatoriyaga navbatga qoʻyish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Muborak tuman DXM xodimlari tomonidan “Quruvchilar” MFY sayyor qabullar tashkil etilib, maktabgacha taʼlim tashkilotida ishlovchilar hamda mahalladagi savdo doʻkon egalari oʻrtasida Mobil ID tizimidan roʻyxatdan oʻtishning qulayliklari, shuningdek joriy yilning 30-aprelida boʻlib oʻtadigan referendumda faol ishtirok etish borasida huquqiy tushunchalar berildi. Tadbir jarayonida 1 nafar shaxsga kadastr pasporti rasmiylashtirildi, 4 nafar ota-onaning farzandlari bogʻchaga navbatga qoʻyildi, 3 nafar shaxslarni Mobil ID tizimiga roʻyxatga olindi.
Qamashi tuman DXM xodimlari tomonidan tuman markazidan 28 km uzoqlikdagi "YUKSALISH" MFY hududida sayyor qabul oʻtkazilib, qabul jarayonida jami 34 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi. Shundan, 13 ta nafaqa haqida maʼlumotnoma, 13 ta sanatoriyaga navbatga roʻyxatga qoʻyildi, 4 ta ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turmasligi toʻgʻrisida va 4 ta narkologiya boʻyicha dispanser hisobida turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnomalar rasmiylashtirib berildi. Sayyor xizmat davomida davlat xizmatlari va referendum toʻgʻrisida 40 ga yaqin bukletlar tarqatildi.
Bu kabi tadbirlar boshqa davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshirilishi davom etmoqda.