Янгиликлар
05
O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining bugungi manzili Qarshi xalqaro universiteti bo’ldi
Viloyat Adliya boshqarmasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda Qarshi xalqaro universiteti bilan hamkorlikda, Qarshi shahrining Aralovul MFY aholisi va universitet yoshlari bilan birgalikda "Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!" shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda dastlab, aholining, ayniqsa yoshlarning referendumga oid bilimlarini oshirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo’yicha seminar bo’lib o’tdi.
Seminardan so’ng, universitet maydonida, konsert dasturi tashkil etildi, mahalla aholisi va yoshlarni 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishga chaqirildi.
Tadbirda yig’ilgan 500 nafardan ortiq ishtirokchilarni, xalqimiz sevgan bir guruh hududiy san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari xushnud etdi.