Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

TARG‘IBOT POYEZDI SHAHRISABZDA


Bugun Toshkent Texnalogiya instituti Shahrisabz filialida  yangilanayotgan Konstitutsiya targ‘ibotiga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida bosh qomusimizga kiritilayotgan o‘zgartishlarning mazmun-mohiyati, ushbu jarayon mamlakatimizda yangi hayot, yangi jamiyat barpo etish yo‘lida qo‘lga kiritilayotgan yutuq va marralarimizning huquqiy poydevor ekanligi haqida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalari tengdoshlari bilan muloqot qilishdi.

Yoshlar 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda  ishtirok etishimiz o‘z fuqarolik burchimiz ekaniga alohida urg‘u berishdi.

Shuningdek, targ‘ibot guruhi a’zolari uchun huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha talabalarga amaliy darslar ham o‘tkazilib, konstitutsiya bo'yicha bilim va  ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkoniyati yaratildi.