Янгиликлар
04
Siz kelmang o'zimiz boramiz
Joriy yilning 2-3- aprel kunlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan Qamashi tuman "Zafar", G'uzor tumanidagi "Xo'jaguzar" hamda Chiroqchi tumanidagi "Bog'ishamol" mahalla fuqarolar yig'inlarida markaz xodimlari tomonidan 50 ga yaqin davlat xizmatlari koʻrsatildi.
Shundan 10 nafar fuqarolarga nafaqa haqida ma'lumotnoma, 15 nafar fuqarolarga sanatoriyaga yo'llanma bo'yicha ariza, 16 ta elektron raqamli imzo kalitlari va 10 ta bolani maktabgacha ta'lim muassasasiga navbatga qo'yish bo'yicha arizalar qabul qilindi va fuqarolarga davlat xizmatlari bo'yicha huquqiy tushunchalar berildi.