Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

“TARG'IBOT POYEZDI” QASHQADARYODA


Aholining, ayniqsa yoshlarning referendumga oid bilimlarini rivojlantirish, ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, ijtimoiy va siyosiy islohotlarga faol jalb qilish maqsadida adliya vazirligi tomonidan “Targ‘ibot” poyezdi loyihasi yo‘lga qo‘yildi.

Bugun targ‘ibot guruhi a’zolari Qashqadaryoga yetib kelishdi. Ular Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Qashqadaryo viloyat sudi bilan hamkorlikda tashkil etilgan " Men befarq emasman" shiori ostida o'tkazilgan davra suhbatida ishtirok etishdi.

Targ'ibotchilar Xususan ta’lim muassasalari, yoshlar faoliyat olib boruvchi yirik korxona va tashkilotlarda targ‘ibot tadbirlarini olib borishadi. Guruh a’zolari dastlab Qarshi shahridagi yoshlar bilan referendum va yangilanayotgan konstitutsiya loyihasining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida tushuntirish ishlarini olib borishdi.

Shuningdek, Loyiha doirasida yosh targ‘ibotchilar tomonidan turli interfaol o‘yinlar tashkil etilib, yoshlar konstitutsiyaviy islohotlarga befarq bo'lmaslikka chaqirildi.

Loyiha ertaga Shahrisabzdagi boshqa maskanlarda ham o‘z ishini davom ettiradi. Eslatib o‘tamiz, loyiha respublikaning 14 ta hududida joriy yilning 3-6 aprel kunlari amalga oshiriladi. Pirovard maqsad, ko‘zlanayotgan natija esa aholining, ayniqsa yoshlarning shaxsiy rivojlanishi va huquqiy madaniyati yanada rivojlanishi, ularda faol fuqarolik pozitsiyasi shakllangan holda mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan daxldorlik hissini tobora ortishiga erishishdir.