Янгиликлар
30
INVESTITSIYA FAOLIYATINING XALQARO HUQUQIY KAFOLATLARI
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi va viloyat yuridik texnikumi tomonidan hokimliklar va boshqa tashkilotlar, respublika va viloyatimizdagi OTMlar va yuridik texnikumlar bilan hamkorlikda “Investitsiya faoliyatining xalqaro huquqiy kafolatlari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo'lib o'tdi.
Konferensiya gibrid shaklda bevosita hamda Zoom platformasi orqali onlayn shaklda tashkil qilingan.
Konferensiyada bugungi kunda Oʻzbekistonning investitsiya faoliyati sohasida xalqaro hamkorlik masalalari, Oʻzbekistonning investitsiya faoliyatidagi munosabatlarining huquqiy asoslarini ilmiy-amaliy jihatdan muhokama etildi.
Konferensiyada xorijiy mamlakatlar ekspertlari, yetakchi olimlar, mahalliy huquqshunoslar, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari, doktarantlari, magistrantlari, mustaqil izlanuvchilar, OTMlar va viloyatlardagi yuridik texnikum oʻquvchilari hamda oʻqituvchilari ishtirok etsishdi.
Jumladan:TDYU biznes huquqi kafedrasining katta o'qituvchisi:Jumanov Askar Hasanovich, xorijiy ekspert-Samet Tatar,TDYUda xalqaro xususiy huquq kafedrasi o’qituvchisi-xalqaro ekspert Allah Rakha Naeem,amaliyotchi huquqshunos Furqat Umarov hamda Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig’ining o‘rinbosari Zoxidov Jaxongir Erkinovichlar o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiyadan koʻzlangan maqsad – Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi yuridik texnikum oʻquvchilariga Xalqaro doirada investitsiya faoliyatini tartibga soluvchi normativ huquqiy hujjatlar tasnifi va mohiyati bilan tanishtirish, investitsiya sohasida rivojlangan davlatlar bilan hamkorlikning huquqiy asoslarini, investitsiya faoliyatining xalqaro huquqiy kafolatlari, xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy asoslarini, mahalliy investorlar va chet-el investorlari faoliyatini mamlakatimizda yanada rivojlantirish istiqbollarini tahlil qilish, muammo-yechimlarni aniqlashdan iborat.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati