Янгиликлар
29
Konstitutsiya targ'iboti
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti toʻrtinchi mintaqaviy hudud 35-son manzil koloniyasining maxkumlari ishtirokida targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Ishtirokchilarga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, 30-aprel kuni oʻtkaziladigan Referendum toʻgʻrisida maʼlumotlar hamda yangilanayotgan Konstitutsiyaga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar oʻziga nisbatan insoniy muomalada boʻlinishi va inson shaxsiga xos boʻlgan shaʼni va qadr qimmati hurmat qilinishi huquqiga egaligi konstitutsiyaviy mustahkamlanayotganligi va boshqalar haqida tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga mutaxasislar tomonidan batafsil javoblar berildi.