Янгиликлар
29
“Advokatura sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, muammo va yechimlar”
Joriy yilning 28 mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov, viloyat adliya boshqarmasi boshliqlari va sohaga masʼul oʻrinbosarlari, Advokatlar palatasi raisi A. Ernazarov va Advokatlar palatasining vakillari, advokatlar, shuningdek ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida “Advokatura sohasidagi islohotlarning mazmun-mohiyati, muammo va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov tomonidan bugungi kunda advokatura faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali advokatura sohasi tubdan yangilanayotganligi, bu orqali jismoniy
va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatish yangi bosqichga olib chiqilayotganligi haqida bildirildi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasidan ishtirok etayotgan 50 nafar advokatlar advokatlik faoliyatini rivojlantirishda yosh kadrlardan foydalanish samarali bo'lishi haqida aytib o'tishdi.
Respublikamizda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish jarayonlari ham uchinchi shaxslar ishtirokisiz advokatni avtomatik elektron tanlash yoʻli bilan amalga oshirilishi koʻzda tutilayotganligi haqida fikrlar bildirildi.
Muloqot davomida advokatlar sohaga oid qiziqtirgan savollar, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻzlarining takliflarini berib oʻtdilar.
Muloqot jarayoni qizgʻin bahs-munozalar bilan oʻtkazilib, sohaga oid muammolar va takliflar boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi axborot xizmati