Янгиликлар
27
Yangilanayotgan konstitutsiya
Joriy yilning 25-mart kuni Shahrisabz shahar adliya bo'limi hamda FIB Shaharisabz tumanlararo sudi bilan hamkorlikda mahalla xotin-qizlar faollari o'rtasida "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi va Referendum qonunchiligining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbir jarayonida Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar to‘g‘risida, inson huquq va erkinliklari sezilarli darajada kengaytirilayotganligi ta'kidlandi. Xususan, konstitutsiyaviy huquqlar doirasi ta'lim, ekologik huquqlar, sog‘liqni saqlash, gender tenglik, erkin harakatlanish kabi huquqlar bilan to‘ldirilayotganligi aytib o‘tildi.
Tinglovchilar konstitutsiyaviy islohotlar va referendumga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.