Янгиликлар
24
Konstitutsiyaviy islohotlar
Qarshi shahridagi madaniyat markazida “O‘zbekiston Respublikasining Referendumi to‘g‘risida”gi qonuni hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng yoritish maqsadida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda Qarshi shahar hokimligi bilan hamkorlikda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Zayniyev Farhod Nuriddinovich, Oʻzbekiston Oliy Majlis Senati aʼzosi Irkayev Abduraim Panjiyevich,
Senatning mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasi raisi Madumarov Tolibjon Abdumalikovich,xalq deputatlari Qarshi shahar Kengash kotibiyat mudiri Luiza Boboyeva hamda viloyat adliya boshqarmasi mas'ul xodimi Nilufar Sattorovalar ishtirok etishdi.