Янгиликлар
23
O‘Z TAQDIRMIGA BEFARQ EMASMAN
Har bir fuqaro o‘z huquqini bilishi lozimligi qanchalik zarurat bo‘lsa, eng avvalo, Konstitutsiya va unda belgilangan moddalarning mohiyatidan xabardor bo‘lishi shunchalik muhim. Shunday ekan, talabalar ham yangilanayotgan Asosiy qonunimizda qanday normalar aks etayotganini bilishlari zarur.
Bugun iqtisodiyot fakultetida “O‘z taqdirmiga befarq emasman” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida shu haqda fikr yuritildi.
Tadbirda fakultet rahbariyati, guruh murabbiylari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Davra suhbatida “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi mudiri, professor Yulduz Ergasheva va viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Nilufar Sattarova O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgartirishlar, yangi normalar va moddalar, shuningdek refendum o‘tkazish va unda ishtirok etish tartiblari xususida keng tushuncha berdilar.
Talabalar mavzu bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.