Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

PRAVANGIZNI BAYRAM KUNLARI HAM OLISHINGIZ MUMKIN!


Xabaringiz bor, 2010-yilgacha olingan eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomalari joriy yilning 31-martiga qadar amal qiladi. Almashtirish uchun sanoqli kunlar qoldi, oldinda esa bayram va dam olish kunlari...

Xavotirga oʻrin yoʻq! Fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida Qarshi  shahar hamda Shahrisabz shahar adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazlarida joriy yilning 18-19-20 hamda 22-mart kunlari faqat haydovchilik guvohnomasini almashtirish xizmati koʻrsatiladi.

Siz ushbu sanalarda ham markazga tashrif buyurgan holda pravangizni yangisiga almashtirishingiz mumkin.

Eslatma: mazkur qulaylik respublikadagi ushbu xizmat yoʻlga qoʻyilgan barcha DXMlarda yoʻlga qoʻyilmoqda. (https://t.me/qashqadaryodxa/4970)

2010-yilgacha boʻlgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
  2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
  2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentyabrgacha;
  2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.