Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

15

G'uzor tuman adliya bo'limi YXKM tomonidan yuridik xizmat ko'rsatilayotgan barcha tashkilotlarining rahbar va mas'ul xodimlari uchun o'quv SEMINARI o'tkazildi.


Joriy yilning 15 mart kuni G‘uzor tuman adliya bo‘limi YXKM tomonidan G‘uzor tuman Xalq ta’lim bo‘limiga qarashli 1-sonli ixtisoslashtirilgan umumta'lim maktabida tashkilotlarining rahbar va mas'ul xodimlari uchun tashkilotlar tomonidan kelib tushayotgan hujjat loyihalarini har tomonlama puxta tayyorlanishini taʼminlash va markazlar tomonidan rad qilinishini oldini olish maqsadida tashkilotlarda hujjat bilan ishlaydigan masʼul xodimlar ishtirokida oʻquv SEMINARI o‘tkazildi.



Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.06.2021 yildagi PQ-5168 va 2022-yil 18-martdagi PQ- 173-sonli "Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish boʻyicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.




O'quv seminraida "E-huquqshunos" tizimi orqali markaz tomonidan xulosa olinishida hujjatlar almashinuvida mehnat shartnomalri, xo'jalik shartnomalri va buyruqlarni rasmiylashtirishda ilova qilinayotgan hujjatlarga alohida e'tibor qaratishlik hamda MARKAZ tomonidan rad etilishni oldini olish maqsadida loyiha uchun ilovada asos bo'lishi kerak bo'lgan hujjatlar to'g'risida tushunchlar berildi.




Bundan tashqari, markaz xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi talablari asosida tashkilot tomonidan joriy yilda tuziladigan jamoaviy mehnat shartnomalari, mehnat ta`tillari jadvali kabi mavzularda ko'rsatmalar berildi.




Seminar so'ngida rahbar va mas'ul xodimlarning o'zlarini qiziqtirgan qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan berilgan savollariga yuridik markaz xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.