Янгиликлар
16
Referendum
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda QMII bilan hamkorlikda “Referendum – 2023: Kelajaging uchun ovoz ber!” shiori ostida “Referendum va yoshlar” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda sanoat texnologiyasi fakulteti rahbariyati, guruh murabbiylari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha birinchi prorektor Azamat Xayriddinov talabalarning nafaqat bilimi, balki siyosiy ongi, dunyoqarashi ham yuksak bo‘lishi lozimligini alohida ta’kidladi.
Viloyat adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Nilufar Sattorova, “O‘zbekiston tarixi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Qahramon Mahmanazarov referendum tushunchasi, uning huqiqiy asosi, yurtimizda o‘tkazilgan ushbu siyosiy tadbirlarning o‘ziga xos jihatlari haqida fikr yuritdilar.
Shuningdek, davra suhbatida yangilanayotgan Konstitutsiyamizdagi o‘zgarishlar, unda o‘z ifodasini topgan huquqiy me’yorlar va qadriyatlar xususida ham so‘z yuritildi.