Янгиликлар
14
Targ'ibot tadbirlari
Qarshi shahar adliya boʻlimi, YUXKM hamda DXM tomonidan "Mahallot" mahalla fuqarolar yig'inida hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli ishtirokida aholining turli muammolarini oʻrganish ularga bepul huquqiy maslahat va koʻmak berish maqsadida “Bepul huquqiy maslahatlar bilan har bir uyga” shiori ostida sayyor qabul oʻtkazildi.
Shuningdek, aholiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevral kunidagi “Nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PF-74-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi va “Giyoxvandlik vositalari va psixotrop moddalari toʻgʻrisida”gi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati tashkil etilib, 8 nafar fuqarolarning murojaatiga joyida huquqiy tushuntirish berildi.