Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Nogironligi boʻlgan shaxslar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi


"Nogironligi boʻlgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, 2023-yilda:

muhtoj shaxslar zamonaviy oyoq protez-ortopediya buyumlari bilan;
“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan va I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar son protezi, boldir protezi va oyoq kamari ortoped apparatlari bilan bepul taʼminlanadi.

2023-yil 1-sentyabrdan nogironligi boʻlgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan taʼminlashda tibbiy xulosa talab qilinmaydi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchilar davlat xizmatlaridan navbatsiz foydalanadi, mansabdor shaxslar qabuliga navbatsiz kiradi.

2023-yil 1-maydan shifoxonalarda davolanayotgan nogironligi boʻlgan bolaga gʻamxoʻrlik qilayotgan shaxslarga:

bolaning yonida boʻlish uchun sharoit yaratiladi;
mazkur davr uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi va bepul ovqat beriladi.

Pediatriya tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari bolani nogironligi boʻlgan shaxs deb topganda ularga pensiya tayinlashda qaytadan tibbiy-ijtimoiy ekspertizaga yuborish bekor qilinadi.

“Yuridik yordam” axborot tizimida nogironligi boʻlgan shaxslarga bepul huquqiy yordam berish uchun alohida murojaat boʻlimi yaratiladi.

Mazkur hujjat Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan.