Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda kimlar davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi?


— Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishda davlat boji to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi:

1) xalq ta’limi organlari, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyalar — yetim bolalarni va ota-onalar qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni bolalar muassasalariga va o‘quv yurtlariga yuborish uchun tug‘ilganlik to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik uchun;

2) jismoniy shaxslar — tug‘ilish, o‘lim qayd etilganligi uchun, ularga farzandlikka olingan, otalik belgilangan, jinsi o‘zgartirilgan hollarida, shuningdek, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish chog‘ida yo‘l qo‘yilgan xatolar munosabati bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi hujjatlar yozuvlari o‘zgartirilgan, to‘ldirilgan va tuzatilgan taqdirda guvohnomalar berganlik uchun;

3) jismoniy shaxslar — ularga belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb yoki ruhiy holatining buzilganligi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar yoxud qilgan jinoyatlari uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar bilan nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori asosida guvohnomalar berganlik uchun;

4) jismoniy shaxslar — ularga reabilitatsiya qilingan qarindoshlarining vafot etganligi to‘g‘risidagi takroriy guvohnomalar berganlik yoki ilgari berilgan guvohnomalarni almashtirganlik uchun;

5) O‘zbekiston Respublikasi yoki chet davlatlar hududida tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar, shu jumladan, maishiy tusdagi ofatlar (turar joylar yoki yashash uchun mo‘ljallanmagan joylar yong‘ini, qulashi, transport vositalarining yonishi) yuz berganligi natijasida jabrlangan jismoniy shaxslar — ularga takroriy guvohnomalar berganlik uchun.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Davlat boji to‘g‘risida”gi qonuni.