Янгиликлар
10
O'ZIMIZ KELDIK
Muborak tuman adliya bo‘limi va FHDY bo'limi bilan hamkorlikda, Amir Temur MFY da aholining turli muammolarini o‘rganish ularga bepul huquqiy maslahat va ko‘mak berish maqsadida “Bepul huquqiy maslahatlar bilan har bir uyga” shiori ostida sayyor xizmatlar o‘tkazildi.
Shuningdek ,FXDY bo'limi tomonidan 1 nafar nikoh va 3 nafar tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar o'z egalariga topshirildi.
Sayyor qabullar davomida “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-74-son Farmoni, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi va "Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalari to‘g‘risida"gi qonunlari mazmun-mohiyati yuzasidan targ'ibot tadbiri o'tkazilib, 6 nafar fuqarolarning murojaatiga joyida huquqiy tushuntirish berildi.