Янгиликлар
03
Navbatdagi SAYYOR QABUL o'tkazildi.
G'uzor tuman adliya bo'limi, YXKM,DXM,FHDYo tomonidan navbatdagi SAYYOR QABUL o'tkazildi.
Joriy yilning 02 mart kuni G‘uzor tuman adliya bo‘limi, YXKM, DXM, FHDYo va xokim yordamchisi va Yoshlar yetakchisi ishtirokida G‘uzor tuman “Bo'ston” MFYda Sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul jarayonida 33 nafar fuqarolar qatnashib, 18 nafar fuqarolarning muammolari joyida xal etilgan bo'lsa, 10 murojaatlariga huquqiy tushuntirish berilib, 1 nafar fuqarolarni murojaati bo‘lim ish yurituviga olindi.

Sayyor qabulda “Ayollar daftari”, “Temir daftar” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning yashsh joylariga brogan holda ular bilan suhbat o’tkazish, jinoyatchilik ko’rsatgichlari bo’yicha “qizil” va “sariq” hududga mansub mahallalarda jinoyat sodir etgan va notinch oila, taziyiq va zo’rovonliklardan jabrlangan shaxslar ishtirok etishib ularga huquqiy tushunchlar berildi.

Tadbir so'ngida fuqarolarning o'zlarini qiziqtirgan qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan berilgan savollariga yuridik markaz xodimlari tomonidan batafsil javob berildi.
