Янгиликлар
07
OTAXON 89 YOSHIDA ILK BOR TUG'ILGANLIK GUVOHNOMASINI OLDI.
Koson tumani Do'stlik mahallasida yashovchi Jabbor ota Bekmurodov shu kunga qadar tug'ilganlik guvohnomasisiz yashab kelgan. Uning aytishicha shu kunga qadar bunga ehtiyoj bo'lmagan.
Ma'lum bo'lishicha otaxonni pensiyasi uzilib qolgan shundagina hujjatlarga ehtiyoj sezgan otaxon tuman FHDY bo'limiga murojaat qiladi.
Koson tuman FHDY bo'limi tomonidan fuqaroni tug'ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi tiklanib, tug'ilganlik guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.