Янгиликлар
06
YURIST MASLAHATI
SAVOL: Xodimga ortiqcha to‘langan ish haqi qayta undirib olinishi mumkinmi?
JAVOB: Bu yerda ikkita holat yuzaga keladi.
Birinchisida:
Xodimga hisob-kitobda yo‘l qo‘yilgan xato oqibatidagi ortiqcha to‘lov qilingan bo‘lsa, unday hollarda qayta undirib olish mumkin.
Ikkinchisida:
Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda to‘langan, shu jumladan qonunni noto‘g‘ri qo‘llash oqibatida to‘langan ortiqcha ish haqi qayta undirib olinishi mumkin emas.
Qo‘shimcha qilish mumkinki, xodimga u bergan yolg‘on ma’lumotlari yoki taqdim etgan soxta hujjatlari oqibatida to‘langan summalar undan sudning qarori yoki hukmi asosida undirib olinadi.