Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'limiga 2022-yil davomida 250 ta murojaat kelib tushgan


Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi tomonidan davlat organlari va tashkilotlarining qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari jrosini tashkil etish sohasidagi faoliyatiga uslubiy rahbarlik qilish va muvofiqlashtirish, tanqidiy tahlil asosida izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda qator ishlar amalga oshirildi.

Xususan 2022 yilda bo‘limga 250 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 118 ta murojaatlar ko‘rib chiqilib hal etildi, 135 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun tegishliligiga ko‘ra boshqa tashkilotlarga yuborildi, ko‘rib chiqilib hal etilgan murojaatlarning 58 tasi qanoatlantirildi.

Bo‘lim tomonidan 25 ta murojaatlar boshqa mas’ul tashkilotlardan mutaxassislar jalb etilgan holda o‘rganildi.

Bo‘lim tomonidan 2022 yil mobaynida 6 ta sohada o‘rganish hamda 9 ta qonun hujjatining ijrosi bo‘yicha monitoringlar o‘tkazilib, natijalari bo‘yicha jami 4 mingdan ortiq qonun buzilishi va kamchiliklar aniqlangan.

O‘rganish va monitoringlar natijasida tegishli tashkilotlarga 83 ta taqdimnomalar, 12 ta ma’muriy takliflar, 63 ta ogohnomalar kiritilishi bilan bir qatorda sudlarga 1 500 mlrd so‘mlik 16 ta da’vo arizalari kiritildi.

Qo‘llanilgan ta’sir choralari natijasida 65 nafar shaxs intizomiy, 11 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lsa, 148 ta noqonuniy hujjatlar (qarorlar) bekor qilindi hamda 50 tasining ijrosi to‘xtatildi.

Sudlarga kiritilgan da’vo arizalarining qanoatlantirilishi natijasida  jismoniy va yuridik foydasiga jami 3 mlrd. 067 mln. so‘m pul mablag’lari undirilishi ta’minlandi.

Bo‘lim tomonidan tashkilotlar faoliyatida o‘tkazilgan o‘rganish va tahlillar natijasida aniqlangan tizimli muammo va kamchiliklarlarni bartaraf etish hamda sohani yanada rivojalantirish yuzasidan xorijiy tajribalardan foydalangan holda 90 dan ortiq takliflar ishlab chiqilib, belgilangan tartibda Adliya vazirligiga yuborildi.

Sohaga oid jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida aholi va keng jamotchilik hamda tadbirkorlik sub’ektlari o‘rtasida 8 marotaba so‘rovnomalar o‘tkazildi va so’rovnomada qariyib 1 500 mingdan ortiq respondentlar ishtirok etdi.

Adliya organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga rioya qilinishi yuzasidan doimiy ravishda monitoringlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan monitoringlarda vakolatli tashkilotlar tomonidan yer uchastkalarini auksionga chiqarishda 2 000 dan ortiq muddat buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi va Adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan 41 nafar shaxsni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha ma’muriy taklif va bayonnomalar, 61 ta taqdimnomalar va 104 ta ogohnomalar kiritilishi ta’minlanib, aybdor shaxslarni ma’muriy hamda intizomiy javobgarlikka tortish masalalari hal etilishi ta’minlandi.

                                                Huquqni qo'llash amaliyotini o'rganish bo'lim boshlig'i

                                                                                                   Azamat Bekmamatov